AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Gretsiya hukumatining Rossiyaga qarshi strategiyasini kuchaytirish va Gretsiyani Turkiya bilan birgalikda Egey dengizi boyliklaridan foydalanishga ishontirish maqsadida Afinaga tashrif buyurdi.
U Gretsiya tashqi ishlar vaziri bilan birgalikda strategik muloqotning 4-raundini boshladi, Dendias va Bosh vazir Kiriakos Mitsotakis bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Blinken Gretsiyani AQSH harbiy guruhlari uchun markaz deb atadi. Tahlilchilarga ko‘ra, Blinkenning Afinaga tashrifi ko‘pchilikni tashvishga solmoqda, chunki Gretsiya AQSH strategiyasi va niyatlarida o‘yinchoqqa aylangan.


