1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

EPS-Topik test imtihoniga noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi maʼlum qildi.

EPS-Topik test imtihoniga noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

 

Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan EPS -Topik testida imtihon tartiblariga rioya qilmaslikning oqibatlari haqida ogohlantirilganiga qaramay, fuqarolar L.F. va M.Z. maxsus vositani testga olib kirishga uringan vaqtida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.

 

Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.  

 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 2 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortiladi.  

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика