AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) tomonidan Jefri Epsteyn ishi bo‘yicha ochiqlangan hujjatlar asosida yangi va bahsli ma’lumotlar ma’lum bo‘ldi. O‘tgan hafta jamoatchilikka taqdim etilgan materiallar hajmi 3 milliondan ortiq hujjatni tashkil etgan. Bu haqda El Pais nashri ma'lum qildi.
2019-yilda FQB tomonidan o‘tkazilgan so‘roq jarayonida guvohlardan biri AQSH prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melaniya bilan aynan Jefri Epsteyn orqali tanishganini ma’lum qilgan. Mazkur ko‘rsatma hujjatlarda qayd etilgan.
Shuningdek, hujjatlarda Epsteynning 2014-yilda Ukrainada sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishidan keyin Rothschild Group boshqaruv direktori Ariane de Rotshildga yo‘llagan xabari ham keltirilgan. Unda Epsteyn Ukrainadagi beqarorlikni “juda katta imkoniyatlar” sifatida baholagan.
Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, Rothschild Group Ukraina sobiq prezidenti Petro Poroshenkoga tegishli bo‘lgan Roshen shirinliklar kompaniyasini sotib olgani va Ukrainaning eng yirik gaz kompaniyasi — Naftogazga moliyaviy xizmatlar ko‘rsata boshlagani qayd etilgan.
Hujjatlarda, shuningdek, Epsteyn orolida zo‘ravonlikka uchragan voyaga yetmaganlar orasida ukrainalik bolalar soni ko‘p bo‘lgani haqidagi ma’lumotlar ham mavjud.
Mazkur oshkor etilgan faktlardan so‘ng Polsha va Turkiya rasmiylari Epsteyn fayllarida tilga olingan o‘z fuqarolariga nisbatan ehtimoliy zo‘ravonlik holatlarini tekshirish bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlagan.


