G‘arb davlatlari Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish uchun hech narsa qilmayapti. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an maʼlum qildi.
"Xalqaro hamjamiyat nizoni hal qilish uchun nimadir qildimi? Hamma qurol savdogarlariga yordam bermoqda. Biz esa tinchlikka erishish haqida o‘ylayapmiz, shuning uchun bir vaqtning o‘zida Putin va Zelenskiy bilan gaplashyapmiz. Bu yo‘lda chin dildan harakat qilishda davom etamiz", — degan Turkiya prezidenti.
Yozda Yevropol Ukrainadan qurol kontrabandasi amalga oshirilayotganini aniqlagandi. Xususan, darknetda Amerikaning Javelin tankka qarshi raketasi savdoga qo‘yilgandi.
Turkiya Rossiya-Ukraina muzokaralarini tashkil etishga harakat qilayotgan dunyo yetakchilaridan biri bo‘lib turibdi.


