Erdog‘an yaqin kunlarda Putin va Zelenskiy bilan alohida muzokaralar o‘tkazishini aytdi.
“Biz qanchalik uzoqqa borishimiz mumkinligini tushunamiz. Tinchlikdan umidimizni yo‘qotmaymiz”, — degan Turkiya yetakchisi.
Erdog‘an Rossiya Prezidentida Ukraina masalasidagi pozitsiyasi yumshab borayotganini taxmin qildi. U Putin bilan so‘nggi muzokaralaridan so‘ng shunday taassurot shakllanganini ta’kidladi.
Bundan tashqari, Turkiya rahbari Ukraina Prezidenti bilan so‘nggi suhbatida “muzokaralar uchun hech qanday to‘siq yo‘qligini va bu masalani hal qilishga tayyorligini his qilganini” aytdi.
Avvalroq Erdog‘an Putin nimani o‘ylasa, amalga oshiradigan yetakchi ekanini ma’lum qilgandi


