1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Erdog‘an Putin bilan telefonlashdi

Liderlar Ukrainadagi vaziyat va Aqshning tinchlik rejasi yuzasidan fikr almashdi.

Erdog‘an Putin bilan telefonlashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 24 noyabr kuni telefon orqali muloqot qildi. Suhbat davomida ular Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilib, AQSH tomonidan taqdim etilgan tinchlik rejasi masalasini ko‘rib chiqdi.

 

Putin takliflar Rossiya va AQSH o‘rtasida Alyaskada bo‘lib o‘tgan muzokaralarga mos kelishini va kelajakdagi tinchlik kelishuvining asosini tashkil qilishi mumkinligini ta’kidladi. Shu bilan birga, u Moskvaning Ukrainadagi inqirozni siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal qilishdan manfaatdorligini qayd etdi.

 

Erdo‘g‘an esa muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirib, bu jarayonda Istambul platformasini taklif qildi. Rahbarlar, shuningdek, Ukrainaga oid masalalarda Rossiya va Turkiya aloqalarini mustahkamlashga kelishib oldi.

 

Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi: savdo va sarmoya aloqalarini kengaytirish, shuningdek, energetika sohasidagi strategik loyihalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Avvalroq Erdo‘g‘an G20 sammiti yakunida yaqin kunlarda Putin bilan suhbatlashishini ma’lum qilgan, xususan, “g‘alla yo‘lagi”ni tiklash masalasini muhokama qilishni rejalashtirgandi.

 

Bundan tashqari, Turkiya rahbari 19 noyabrda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng, Istanbulda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Shu bilan birga, avvalroq Rossiya Davlat Dumasi Mudofaa qo‘mitasi o‘rinbosari Aleksey Juravlyov AQSHning taklifini Rossiya uchun maqbul emas deb atab, uni urushni yakunlamaydigan “provokatsiya” sifatida baholagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика