Erdo‘g‘an Putinga RF, Turkiya va Ukraina prezidentlari uchrashuvini tashkil etishni taklif qilmoqchi. Bu haqda u BAAdan qaytishida, jurnalistlar bilan suhbatida ma’lum qilgan.
"Janob Zelenskiy bilan ko‘rishganimizda u Putin-Zelenskiy-Erdo‘g‘an formatidagi uch tomonlama uchrashuvga ijobiy qarashini bildirdi. Agar janob Putin ham bunga rozilik bildirsa, biz Istanbul yoki Anqarada uchrashishimiz mumkin. Hozir esa men telefon diplomatiyasi orqali uning bu bo‘yicha munosabatini bilmoqchiman", — degan Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi urush — bu salbiy belgi.
"Bu mintaqa barqarorligi uchun zararli. Biz Putin bilan ham, Zelenskiy bilan ham doimiy aloqadamiz. Fikrimcha, keskinlikni yumshatish uchun bu jiddiy imkoniyat", – deb qayd etgan siyosatchi.
Avvalroq AQSH Polsha-Ukraina chegarasida maxsus operasiya o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


