1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish shartini aytdi

Turkiya Yevropa Ittifoqiga qabul qilinsa, Shvetsiyaning NATOga a’zoligi ma’qullanadi

Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish shartini aytdi

 

Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish istagini ma’qullashni Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi bilan bog‘ladi.

 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an, agar uning mamlakati Yevropa Ittifoqiga qabul qilinsa, Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ko‘rib chiqishni ma’qullashga tayyorligini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters.

 

“Turkiyani 50 yildan ortiq Yevropa Ittifoqi eshigi oldida kutishga majburlayotgan davlatlarga murojaat qilaman. Avvaliga Turkiya uchun Yevropa Ittifoqiga yo‘l oching, keyin Finlyandiya uchun qilganimizdek, Shvetsiyaga NATOga yo‘l ochamiz”, — dedi Erdog‘an Vilnyusdagi NATO sammitiga jo‘nab ketish oldidan.

 

Turkiya prezidenti Shvetsiyaning NATOga kirishi bo‘yicha bu pozitsiyani bevosita sammitda bildirish niyatida ekanini qo‘shimcha qildi.

 

Ma`lumot uchun, 1999-yilda Turkiya Yevropa Ittifoqiga nomzod davlat maqomini oldi. 2005-2006 yillarda Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha rasmiy muzokaralar olib borildi. Keyingi yillarda Turkiya rasmiylari ham mamlakat endi Yevropa Ittifoqiga kirmasligini qayta-qayta taʼkidlab, Yevropa Ittifoqiga kirishni strategik maqsad deb eʼlon qilganliklarini daʼvo qilishdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика