Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on juma kuni bo‘lajak munitsipal saylovlar uning siyosiy faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishini maʼlum qildi.
“Faoliyatim bilan tinimsiz shug‘ullanyapman, nafas olishga ulgurmay qolyapmiz, bu saylovlar menga berilgan vakolatlar bo‘yicha oxirgi saylovim bo‘ladi”, - dedi u Istanbulda yoshlar bilan muloqot qilgan payti.
Prezident Istanbul, Anqara va Izmir merlik saylovlarida amaldagi muxolifat merlari emas, balki hukmron partiya vakillari g‘alaba qozonishi va shu bilan 1 apreldan “yangi davr” boshlanishi uchun ovoz berishni aytib o‘tdi.


