Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an maʼlum qildi, deya xabar berdi Sputnik.
“Togg allaqachon mamlakat yo‘llarida. Ulardan biri mening birodarim, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga berildi. Shunday mashinalardan birini boshqa birodarim O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga jo‘natyapmiz”, — degan u.
Erdog‘an yil davomida shunday mashinalardan 20 ming dona ishlab chiqarish rejalashtirilganini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Turkiya Prezidentining sovg‘asini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev qabul qilib olgandi.


