1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Erdog‘on va Guterrish telefon orqali suhbatlashdi

Turkiya Ukraina masalasida BMTga yordam taklif qildi.

Erdog‘on va Guterrish telefon orqali suhbatlashdi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan telefon orqali Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi, deya xabar bermoqda Turkiya OAVlari Turkiya yetakchisi idorasiga tayanib. 

 

Erdog‘on Guterrishga Turkiya Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun BMTga har qanday yo‘l bilan yordam berishga tayyorligini aytdi.

 

Qayd etilishicha, ular Sudan va Suriyadagi vaziyatni ham muhokama qilgan. Turkiya Prezidenti iyul oyida BMTning Suriyaga transchegaraviy yordam ko‘rsatish mexanizmining amal qilish muddatini uzaytirish muhimligi haqida gapirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика