O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi diplomatik vakolatxonasiga o‘zbekistonlik migrant kelib, xotinini o‘ldirganini aytdi.
Qayd etilishicha, 2023-yilning 11-may kuni soat 10:00 larda Sankt-Peterburg shahrining Krasnoarmeyskaya ko‘chasida joylashgan konsullik nazorat-o‘tkazish punktiga bir yigit kelgan. U xotinini o‘ldirgani va uning jasadi Murinodagi ijaraga olingan kvartirada turganini aytgan.
Politsiya Sankt-Peterburgda noqonuniy yashayotgan 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosini konsullikda qo‘lga olgan. Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari Murino shahridagi xonadonga yetib kelib, u yerda 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadini aniqlagan. Taxminlarga ko‘ra, u bo‘g‘ib o‘ldirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (qotillik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


