Mahbuba Komilova Erkin Komilovning uchinchi rafiqasi bo‘lib, san’atkorning birinchi ayoli 24 yoshida, ikkinchi ayoli 44 yoshida vafot etgan. Shundan so‘ng Mahbuba Komilovaga uylangan edi.
“Undan keyin baribir erkak kishi uylanmasa bo‘lmas ekan, uy ishlari, o‘zim ko‘chada yursam, ovqat, dazmol qilish degandek, ayol kishi erkakning orqasida qolgani yaxshi ekan. O‘zimdan o‘tganini o‘zim bilaman, mana hozir hech narsani ko‘rmagandek bo‘lib ketdim. Hozirgi ayolim Mahbubaning bahosi yo‘q, menga qaraydi, shifokorim ham, oshpazim ham Mahbuba,” — degan edi avvalroq Erkin Komilov.


