1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Eron aviakompaniyasining samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Qo‘nishga yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan.

Eron aviakompaniyasining samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi

 

Tehron — Pekin yo‘nalishida IRM079 reysini amalga oshirayotgan Mahan Air aviakompaniyasining samolyoti Toshkentga favqulodda uchib keldi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

 

Ma‘lum bo`lishicha, samolyot 28-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:20 da Toshkent aeroportiga kelib qo‘ngan. Qo‘nishga yurak xurujiga uchragan yo‘lovchi sabab bo‘lgan. Natijada yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli ekipaj muqobil aerodromga o‘tishga qaror qilgan.

 

Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика