1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Eron barcha pullarini xorijiy banklardan olib chiqdi

Eron TIV xorijiy aktivlar muzlatilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Eron barcha pullarini xorijiy banklardan olib chiqdi

Eron tashqi ishlar vazirligi iqtisodiy diplomatiya bo‘yicha o‘rinbosari Hamid Qanbariy xorijiy OAVda tarqalgan “Eron aktivlari muzlatilgani” haqidagi ma’lumotlarni rad etdi.

 

Unga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining “snapback” mexanizmi doirasida joriy etilgan yangi sanksiyalar fonida xorijiy banklarda muzlatilishi mumkin bo‘lgan hisoblarda muhim mablag‘lar mavjud emas edi.

 

“Banklar bunday qarorni oldindan kutgan, shuning uchun bu hisoblar yo bo‘sh edi yoki faqat minimal mablag‘ saqlangan. Aslida Eronning muhim moliyaviy aktivlari bloklanmagan”, — deya ta’kidladi Qanbariy.

 

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, AQSh sanksiyalari tufayli so‘nggi yillarda Yevropa kompaniyalari Eron bilan iqtisodiy hamkorlikni keskin qisqartirgan. Shu bois yangi qaror mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi kutilmaydi.

 

“Shunga qaramay, biror sanksiyani mutlaqo samarasiz deb baholash to‘g‘ri emas. Muhimi — voqelikni xolis baholash va xalqimizga haqiqatni aynan qanday bo‘lsa, shunday yetkazishdir”, — dedi Qanbariy.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика