Eron musulmon davlatlarini Isroilga qarshi neft embargosi va boshqa sanksiyalar joriy etishga, shuningdek, Isroil elchilarini chiqarib yuborishga chaqirdi.
Ayni paytda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkilotining (57 davlat aʼzo) shoshilinch yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda, unda G‘azo sektoridagi shifoxonada yuz bergan portlash munosabati bilan Isroil va HAMAS o‘rtasidagi mojaro muhokama qilinmoqda.
Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiy Isroilning G‘azo sektoridagi ehtimoliy harbiy jinoyatlarini hujjatlashtirish uchun islomiy huquqshunoslar guruhini tuzishga chaqirmoqda.


