1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Eron bo‘ylab norozilik namoyishlari kuchaymoqda: qurbonlar bor

Iqtisodiy inqiroz sabab boshlangan namoyishlar siyosiy tus olmoqda.

Eron bo‘ylab norozilik namoyishlari kuchaymoqda: qurbonlar bor

 


Al Jazeera xabariga ko‘ra, Eronda davom etayotgan norozilik namoyishlari chog‘ida kamida 6 kishi halok bo‘lgan, 17 kishi jarohat olgan. Namoyishlar 28 dekabr kuni Tehronda savdo sohasi vakillari tomonidan boshlangan bo‘lib, ular mamlakatdagi og‘irlashib borayotgan iqtisodiy vaziyatga norozilik sifatida do‘konlarini yopgan. Oradan ko‘p o‘tmay, norozilik aksiyalari boshqa yirik shaharlarga ham yoyildi.


Vaqt o‘tishi bilan iqtisodiy talablar siyosiy shiorlarga almashdi. Namoyishchilar “Ozodlik” va hukumatga qarshi shiorlarni ayta boshladi. Ayrim hududlarda noroziliklar xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvlarga aylangan. Mahalliy OAVlarga ko‘ra, politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan, ayrim shaharlarda esa internet aloqasi cheklangan. 1 yanvar kuni Tehronda kamida 30 kishi jamoat tartibini buzishda ayblanib hibsga olingani ma’lum qilindi.


Xabarlarga ko‘ra, noroziliklar Markaziy va Janubiy Eronning bir qator shaharlarida ham kuzatilgan. Ayrim manbalar qurbonlar soni bundan ko‘proq bo‘lishi mumkinligini bildirsa-da, hozircha bu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan. Hukumat iqtisodiy islohotlar va korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishga va’da bermoqda, biroq vaziyat hanuz tarangligicha qolmoqda. Namoyishlar qanday yo‘nalishda davom etishi hozircha noma’lum.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика