1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Eron Kanada harbiy-dengiz flotini “terrorchi tashkilot” deb e’lon qildi

Tehron bu qarorni Kanadaning Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini terrorchi deb tan olganiga javob chorasi sifatida baholamoqda.

Eron Kanada harbiy-dengiz flotini “terrorchi tashkilot” deb e’lon qildi

 

 

Eron Kanada harbiy-dengiz flotini rasmiy ravishda “terrorchi tashkilot” deb e’lon qildi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi. Qaror Ottavaning Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini (IIPK, IRGC) terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritishiga javoban qabul qilingani bildirildi.

 

Vazirlik bayonotida Kanadaning mazkur qarori xalqaro huquqning asosiy tamoyillariga zid ekani ta’kidlangan. Tehron rasmiylariga ko‘ra, IRGC Eron qurolli kuchlarining rasmiy va ajralmas qismi bo‘lib, uni terrorchi tashkilot sifatida tasniflash noqonuniy hisoblanadi.

 

Eron TIV Ottavaning bu harakatini “xalqaro huquqni buzish” deb baholab, javob chorasi o‘zaro mutanosiblik tamoyiliga asoslanganini ma’lum qildi. Shuningdek, Eron tomoni 2019-yilda qabul qilingan va IRGCni terrorchi deb tan olgan davlatlarga nisbatan javob choralarini ko‘rishni nazarda tutuvchi milliy qonunchilik normalariga tayanganini qayd etdi.

 

Mazkur qaror Eron va Kanada o‘rtasidagi diplomatik keskinlikni yanada kuchaytirishi mumkin. Ekspertlarga ko‘ra, bu holat IRGC maqomi masalasida G‘arb davlatlari va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar chuqurlashib borayotganini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика