Eron sobiq prezidenti Hasan Ruhoniy sudda ayblari isbotlansa, unga o‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin. Bu haqida Eron parlamenti komissiyasi aʼzosi Kamron G‘azanfari maʼlum qildi.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, Ruhoniy mamlakatga yetarlicha ziyon yetkazgan.
“Bunga misol – yadro kelishuvi. U faqatgina yo‘qotishlarga olib keldi. Ruxoniy esa bundan faxrlanardi”, — dedi u.
G‘azanfari taʼkidlashicha, oldingi parlament Ruhoniyga qarshi sakkizta shikoyat topshirgan va ularning barchasi sudga yuborilgan. U sudyalar rahbari Golamhusayn Muhsiniy Ejeyini qonun talablariga ko‘ra bunday ishlar ustuvor tartibda ko‘rib chiqilishi kerakligiga qaramay, hech qanday chora ko‘rmaganlikda aybladi.
“Ruhoniy sud qilinganmi? Jazolanganmi? Agar shunday bo‘lsa, tushuntiring. Agar yo‘q bo‘lsa, nega sud qilinmagani va jazo olmaganini ayting”, — degan deputat.
Shuningdek, u marhum prezident Ibrohim Raisiy hukumatidan sudga yuborilgan boshqa ish haqida ham gapirgan. Unga ko‘ra, Ruhoniy Saʼdabod saroyidan 48 ta qimmatbaho gilam g‘oyib bo‘lishida ham ayblangan.


