1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Eron terrorizmda ayblangan Germaniya fuqarosini qatl qildi

Bu haqida Eron rasmiylari maʼlum qildi.

Eron terrorizmda ayblangan Germaniya fuqarosini qatl qildi

Jamshid Sharmahd AQSHda doimiy yashash ruxsatiga ega bo‘lgan, asli eronlik Germaniya fuqarosi. Eron rasmiylariga ko‘ra, u "Erondagi qurolli va terrorchilik harakatlarini Amerikadan boshqargan". Xususan, Sharmahd 2008 yilda Sherozda 14 kishi halok bo‘lgan va 200 kishi yaralangan portlashni uyushtirganlikda ayblangan.

 

"Eron rasmiylari Sharmahdni 2020 yil avgust oyida hibsga olishgan. U Dubaydaligi paytida o‘g‘irlab ketilgan", — deb yozadi Deutsche Welle. 

 

Germaniya kansleri Olaf Sholsning so‘zlariga ko‘ra, Sharmahdga sudda o‘zini himoya qilish imkoniyati berilmagan.

 

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi asli eronlik nemis fuqaroligiga ega Jamshid Sharmahdning qatl etilishiga norozilik sifatida Tehrondagi elchisini chaqirib olganini maʼlum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика