Eron Yevropa Ittifoqiga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi, deya yozmoqda “РиаНовости” nashri.
Tehroning yangi sanksiyalari nishoniga olingan shaxslar orasida Yevroparlament deputatlari, Fransiya Milliy Assambleyasi, Fransiya kommunasi rahbari, Germaniyaning “Bild” gazetasi bosh muharrirlari va Yevropa Ittifoqida joylashgan nodavlat tashkilotlar rahbarlari bor.
Eron Tashqi ishlar vazirligi sanksiya qo‘yilgan yuridik va jismoniy shaxslarni terrorizm, zo‘ravonlik, nafrat, inson huquqlarini buzish, shuningdek, tartibsizliklarni uyushtirishni qo‘llab-quvvatlashda ayblaydi. Shuningdek, sanksiyalar YEI harakatlariga javoban kiritilgani qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi Erondagi norozilik namoyishlarini bostirgani uchun 11 shaxs va to‘rt tashkilotga nisbatan sanksiyalar joriy qilgandi.


