1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Eronda chaqmoq urishi natijasida ikki kishi halok bo'ldi

Bu kabi holatlar Eronning tog'li hududlarida tez-tez kuzatiladi.

Eronda chaqmoq urishi natijasida ikki kishi halok bo'ldi

 

Eron g‘arbidagi Kirmonshoh viloyatida kuchli chaqmoq urishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi turli darajada tan jarohati oldi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari Alirizo Haydariy ma’lum qilgan.

 

Haydariyning aytishicha, chaqmoq urish holatlari viloyatning ikki alohida hududida qayd etilgan. Voqea joyiga zudlik bilan favqulodda xizmatlar yetib borgan va jabrlanganlarga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

Ma'lumot uchun, Eron tog‘li hududlarida bahor va yoz oylarida chaqmoq urish holatlari tez-tez kuzatiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика