Jumladan, oylik yetkazib berishni 87 million litrdan 42,5 million litrgacha kamaytirish va narxlarni oshirishni rejalashtirmoqda. Subsidiyalangan yoqilg‘i narxi har bir litr uchun 15 000 riyaldan 20 000 riyalga oshadi, yarim cubsidiyalangan yoqilg‘i narxlari esa 80 000 riyalga yetadi. Reja, shuningdek, har bir kishiga 15 litr benzin berish bilan cheklanishni va transport vositalariga kvota tartibini kuchaytirishni ko‘zda tutadi.
Eron hukumati bu chora-tadbirlarni mamlakatda yashash xarajatlarining keskin oshishi, milliy valyutaning qadrsizlanishi va energiya tanqisligi fonida amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, hukumatning ziddiyatli bayonotlari jamoatchilik xavotirini yanada kuchaytirmoqda.


