1 oktyabr kuni 13 nafar, 2 oktyabr kuni esa 17 nafar mahbus dorga osilgan. Ularning 3 nafari ayol kishi ekani aytilmoqda. Bu haqida mahalliy OAV xabar berdi.
Eronning Qarshilik Milliy kengashi prezidenti Maryam Rajaviyning aytishicha, amaldagi hukumat boshqaruvda ekan, Eronda qiynoqlar va qatllar, mintaqada esa urush va terror tugamaydi.
Butunjahon o‘lim jazosiga qarshi kurash kuni arafasida u xalqaro hamjamiyatni qatllarga qarshi kampaniyani qo‘llab-quvvatlashga va Eron bilan diplomatik hamda savdo aloqalarini uzishga chaqirdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilning 6 oyi davomida Eronda 450 ga yaqin mahbus qatl etilgan.


