1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Eronda internetga kirish bo‘yicha barcha cheklovlar olib tashlanadi

Internetni barcha shaharlarda qayta tiklash jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Eronda internetga kirish bo‘yicha barcha cheklovlar olib tashlanadi

 

 

Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon tegishli idoralarga internet bozorini jonlantirish hamda jamoatchilikning xalqaro internetga to‘liq kirishini ta’minlash uchun mavjud barcha cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha topshiriq bergan. Hozirda ushbu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu haqda The News nashri xabar bermoqda.

 

“Prezident xalqaro internetga erkin kirish jamiyat va iqtisodiyot uchun muhim ekanini ta’kidladi. Shu sababli cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi”, — deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, Eronda hukumatga qarshi namoyishlar kuchayganidan so'ng 8-yanvar kuni internetga kirish to‘liq cheklangan edi. Ushbu qaror mamlakat ichida va xalqaro maydonda keskin tanqidlarga sabab bo‘lgan.

 

Avvalroq prezidentning o‘g‘li va maslahatchisi Yusuf Pizishkiyon ham internetni o‘chirish norozilikni kamaytirmasligi, aksincha, hukumat va xalq o‘rtasidagi ishonch tafovutini chuqurlashtirishini aytib, cheklovlarni bekor qilishga chaqirgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика