1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Erondagi qamoqxonalarning birida mahbuslar tahqirlangani aks etgan tasvirlar tarqaldi

Eron qamoqxona xizmati boshlig‘i Tehronning Evin qamoqxonasida hibsga olinganlar haqorat qilingani aks etgan videolar yuzasidan kechirim so‘radi.

Erondagi qamoqxonalarning birida  mahbuslar tahqirlangani aks etgan tasvirlar tarqaldi

Bu haqda “BBC” xabar berdi.

Qayd etilishicha, xakerlar qo‘riqchilar mahbuslarni kaltaklab, polga sudrab borayotgani aks etgan kamera tasvirlarini tarmoqqa joylagan. Bu voqeadan keyin mamlakat qamoqxonalar tashkiloti rahbari Muhammad Mehdi Haj-Muhammadiy «qabul qilib bo‘lmaydigan xatti-harakatlar» uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini maʼlum qilgan.

Mazkur qamoqxonada ko‘plab siyosiy mahbuslar va chet el fuqarolari saqlanadi. Taʼkidlanishicha, oshkor qilingan videolar Eron qamoqxonalaridagi o‘nlab yillar davomida yomon muomala va haqoratlar haqidagi xabarlarni tasdiqlaydi. Sobiq siyosiy mahbuslar oldindan hukumatni jinsiy, jismoniy va ruhiy qiynoqlarni muntazam ravishda ishlatishda ayblaydi. Eron hukumati esa bularni doim rad etib keladi.

aytilishicha, Haj-Muhammadiy videoda ko‘rsatilgan huquqbuzarliklar uchun xalqdan kechirim so‘ragan. «Men bunday nomaqbul xatti-harakatlar uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olaman va bu achchiq voqealarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka va jinoyatchilar bilan jiddiy kurashishga vaʼda beraman», deb yozgan u o‘zining Twitter sahifasida.

Avvalroq, Qashqadaryodagi qamoqxonada 19 yoshli yigit o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan Qarshi maxsus prokurori xodimlarga nisbatan ish qo‘zg‘atganligi va tergov harakatlari boshlanganligi haqida  xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика