Toshkentdagi aviachiptalar sotuvi bosh ofisi – Uzbekistan Airways Sales yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 22-avgustdan boshlab yangi ish jadvaliga o‘tmoqda, deb xabar berdi aviakompaniya axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, endilikda filial har kuni soat 08:00 dan 21:00 gacha faoliyat yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin aviakompaniya Urganchdan Italiyaning Milan shahriga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ygani xabar qilingandi. Mazkur yo‘nalishda aviaqatnovlar haftaning juma kunida amalga oshiriladi.


