Vazirlar Mahkamasining 29 aprel kungi farmoyishiga binoan [https://t.me/bankmijoz/3167], ertaga, 30-aprel — shanba kuni banklar uchun ish kuni (ochiq balans) etib belgilandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar hamda pensiya va nafaqalar bo‘yicha hisob-kitoblarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, shuningdek, iqtisodiyotda to‘lovlar uzluksizligini ta’minlash maqsadida bank tizimi, moliya hamda soliq idoralarining ayrim xodimlarini 2022-yil 30-aprel - shanba kuni qonunchilikda belgilangan tartibda ishga jalb qilishga ruxsat beriladi.