Ijtimoiy tarmoqda bog‘chalarda 9-yanvar, dushanba kuni ham navbatdan tashqari taʼtil kuniga qo‘shib berilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Mazkur holatga Maktabgacha taʼlim vazirligi oydinlik kiritdi.
Avvalroq 2023-yilning 10–18-yanvar kunlari O‘zbekistondagi barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun qo‘shimcha taʼtil kunlari eʼlon qilingandi.
“Shunday ekan, 9-yanvar, dushanba kuni respublikamizning barcha turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari to‘liq faoliyat olib borishi lozim ekanligini bildiramiz”, — deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, DXSH va Oilaviy nodavlat MTTlari davlat MTTlari kabi ish faoliyatini davom ettirish tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, davlat, DXSH va oilaviy nodavlat MTTlarning xodimlariga berilgan qo‘shimcha taʼtil kunlariga ish xaqi to‘lab beriladi.


