Ko‘pchilik ertaga dam olish kuni bo‘ladimi, deb so‘rashmoqda. Bu haqda Xushnudbek.uz Telegram kanalida maʼlumot berildi.
Xabarda keltirilishicha, 21-oktabr dam olish kuni emas.
Mehnat kodeksidagi matndan mantiqiy kelib chiqsak, barcha bayramlar ham dam olish kuni bo‘lavermaydi. Masalan, 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni yoki 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni dam olish kunlari emas. Yoxud ko‘plab kasb bayramlarini bunga misol keltirish mumkin.
Agar bayramlar dam olish kuni deb belgilansa, qonunda bu alohida ko‘rsatiladi. Mehnat kodeksining 131-moddasiga binoan O‘zbekistonda 9 ta bayramda dam olinadi. O‘zbek tili bayrami ular ro‘yxatida yo‘q.


