Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekistonda 25 mart — “Yer vaqti” kuniga bag‘ishlab maxsus aksiya o‘tkaziladi.
Aksiya doirasida barcha davlat tashkilotlarida elektr energiyasi bir soatga o‘chiriladi. Maqsad tabiiy resurslarni asrash, tejamkorlikka rioya qilish va bu orqali sayyoramizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdir.
“Barchangizni ushbu aksiyaga befarq bo‘lmaslikka va kun davomida atigi 60 daqiqaga elektr energiyasidan foydalanmaslikka chaqiramiz. Bu bilan siz Yerning tabiiy boyliklarini asrab-avaylashga o‘z hissangizni qo‘shasiz va boshqalarni ham sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilishga ruhlantirasiz”, deyiladi Ekologiya vazirligi xabarida.


