1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ertaga O‘zbekistonning barcha hududlarida qor yog‘adi

Harorat 10 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilyapti.

Ertaga O‘zbekistonning barcha hududlarida qor yog‘adi

 

«O‘zgidromet» 11 dekabr, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

 

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kechasi va kunduzi tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi +1...+3 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunduzi baʼzi joylarda qor yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 5...–10 daraja, kunduzi 0...–5 daraja bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi –2...+3 daraja, kunduzi +1...+6 daraja bo‘ladi, Navoiy viloyatining shimolida kechasi –5...–10 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...+3 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...+3 daraja iliq, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda kuchli qor yog‘adi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0...–5 daraja bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика