1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ertaga Samarqandda ayrim ko‘chalar yopiladi

Shahar hokimligi cheklov sababini ma’lum qildi.

Ertaga Samarqandda ayrim ko‘chalar yopiladi

 

Avvalroq joriy yilning 5-6 noyabr kunlari Samarqand shahrida “Samarkand Half Marathon” xalqaro xayriya yarimmarafoni o‘tkazilishi xabar qilingandi. 

 

Shahar hokimligi xabariga ko‘ra, tadbirlar bo‘lib o‘tadigan hududlarda jamoat tartibini saqlash va marafonni namunali tashkil etish maqsadida 6 noyabr kuni  soat 07:00 dan boshlab marafon yakunlangunga qadar ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi.

 

Ular:
—Registon ko‘chasining Dahbed ko‘chasi kesishmasigacha;
—Dahbed ko‘chasidan Zargaron ko‘chasigacha;
—Islom Karimov ko‘chasi;
—Shohi Zinda ko‘chasi;
—Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasi.

 

Ma’lumot uchun: marafonda bahslar uch bosqichda, ya’ni  2 kilometr hamda 10 kilometr va 21 kilometr masofaga yugurish tartibida bo‘ladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика