Prezident 1-noyabrdan eski namunadagi “obyektivka”dan voz kechilib, ilg‘or IT-texnologiyalar asosida xodimning malakasi va salohiyati, erishgan natijalarini baholaydigan tizimga o‘tilishini maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, xodimni baholashda qaysi oliygohni bitirgani yoki qayerda ishlagani emas, qanday bilim-tajribaga egaligi va ko‘rsatgan natijalari asosiy mezon bo‘lishi shart. Shu yo‘l bilan rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldi olinadi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat xizmatini isloh qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.


