Parij ramzi bo‘lgan Eyfel minorasining uchala qavatidan odamlar bomba signali tufayli evakuatsiya qilindi. Sapyorlar voqea joyida.
“Parijda politsiya xodimlari bomba borligi haqidagi xabarlar tufayli Eyfel minorasidan odamlarni evakuatsiya qildi”, — deyiladi xabarda.
Signal shanba kuni tushga yaqin kelib tushgan. Minora boshqaruv kompaniyasi voqea joyida politsiya va sapyorlar bo‘lganini aytdi. Bomba hozircha borligi tasdiqlangani ham rad etilgani ham yo‘q.


