1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Kasallik kamaymoqda. Vaziyat barqarorlashayaptimi?

AOKAda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda aholi tomonidan kelib tushayotgan COVID-19 bilan bog‘liq savollarga javob qaytarildi.

Kasallik kamaymoqda. Vaziyat barqarorlashayaptimi?

 

 

Rasmiy statistikaga ko‘ra, kasallik kamaymoqda. Demak, yana bir to‘lqin ortda qoldimi, vaziyat barqarorlashayaptimi?

 

Darhaqiqat, 1 sentyabrdan hozirgi kunga qadar rasmiy statistik maʼlumotlarga ko‘ra yangi kasallanganlar soni 650 va undan pastroq bo‘lmoqda. Lekin bu raqam hali yuqori, kasallik to‘lqini ortda qoldi, deb xulosa chiqarish uchun hali vaqt bor.

Kasallikning yashirin davri 2 kundan 14 kungacha, yaʼni inson organizmiga tushgan virus 2 kundan keyin yoki 10 uzog‘i 14 kungacha ham kasallik alomatini keltirib chiqarishi mumkin, kasallikni keltirib chiqarish muddatini o‘rtacha olganda 5-7 kunga to‘g‘ri kelmoqda. Yana 10-14 kunda yangi kasallanishni aniqlanishini o‘sishi yoki tushishini dinamik kuzatuvini olib borib, keyin bir xulosaga kelsak bo‘ladi.

Aholi orasida to‘liq emlangan va bu kasallikdan himoyalanganlarni ham nazarda tutadigan bo‘lsak, bugungi kunda kasallanmagan va emlanmaganlar orasida kasallik tarqalishi ehtimoli juda yuqori. Karantin qoidalariga rioya qilmaydigan, emlanmagan odamlar hisobiga raqamlar yana ko‘tarilishi ham mumkin.

 

Maktablarda anʼanaviy shaklda darslar boshlangani kasallikni yana-da avj olishiga olib kelmaydimi?

 

To‘g‘ri, bolalar koronavirus infeksiyasining tarqatuvchisi ekanligi to‘g‘risida ko‘p bora taʼkidlab kelamiz. Qachonki bolalar va ularning murabbiylari hamda ota-onalar karantin qoidalariga rioya qilmasa, bu omil kasallik tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Bilamizki, har bir maktabda bolalar salomatligi va holatini nazorat qiluvchi filtrlar mavjud. U yerda o‘quvchilarning tana harorati o‘lchanadi. Bolalar maktabga niqobda borish, qo‘llarni sovunlab yuvish kabi qoidalarga to‘liq rioya qilishi zarur.

Bolalarga tushlik uchun ota-onalar uydan imkon qadar vitaminlarga boy ovqatlarni berib yuborishlari maqsadga muvofiq. Shu bilan birga, o‘quvchilarda ko‘proq suyuqlik ichish imkoni bo‘lishi kerak.

Ota-onalar farzandlariga maktabdan qaytgach, albatta, yuz-qo‘llarini sovun bilan yaxshilab yuvishi zarurligini o‘rgatishi lozim. Shuningdek, bolalar uyda ustki kiyimlarini yechganlaridan keyin, tomoq va burunlarini oddiy iliq suvda 2-3 marta chayganidan so‘nggina oila aʼzolari yoniga kirsalar, ularni himoyalagan bo‘ladi.

 

Shu o‘rinda, mamlakatimizda vaksinatsiya jarayonlarining dastlabki bosqichlarida xalq taʼlimi va maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini emlashga bejiz alohida eʼtibor qaratilmaganligini taʼkidlash kerak. Hozirda maktab o‘qituvchilari va boshqa xodimlarning deyarli barchasi vaksina olgan. Tabiiyki, bu ularning COVID-19 koronavirus infeksiyasidan himoyalanganligini bildiradi.

 

Bundan avvalroq maktablarda anʼanaviy shaklda darslar boshlangani kasallikni yana-da avj olishiga olib kelmaydimi degan savolga javob bergandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика