1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Falastin rahbari Bayden bilan uchrashuvni bekor qildi

Iordaniya ham AQSH prezidenti ishtirokidagi sammitda qatnashmaydi.

Falastin rahbari Bayden bilan uchrashuvni bekor qildi

 

Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos Gʻazodagi shifoxonaga raketa hujumidan so‘ng AQSH prezidenti Jo Bayden bilan rejalashtirilgan uchrashuvni bekor qildi.

 

Qayd etilishicha, Abbos poytaxt Ramallohga qaytib, Falastin rahbariyatini zudlik bilan yig‘ilishga chaqirgan.

 

Shuningdek, Iordaniya AQSH prezidenti Jo Bayden ishtirokida 18 oktabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan sammitni bekor qildi.

 

Iordaniya Tashqi ishlar vazirligi bayonotidan so‘ng Oq uy Baydenning bu mamlakatga tashrifi bekor qilinganini e’lon qilgan.

 

Xabaringiz bor, Bayden bugun, 18 oktabr kuni Isroilga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Shu kuni u Iordaniya mezbonlik qilishni rejalashtirayotgan sammitda ishtirok etishi kerak edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика