Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahar markazida ikki nafar fuqarolarning janjallashgani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 11 avgust kuni Farg‘ona shahar Sanoat ko‘chasida ikki nafar haydovchi o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan.
Janjal shu yerda xizmat olib borayotgan IIO xodimlari tomonidan bartaraf qilingan.
Yuqoridagi shaxslarga nisbatan MJtKning 183-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, JIB Farg‘ona shahar sudiga yuborilgan. Natijada ularning har biriga 15 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.


