Farg‘ona shahridagi advokatlik firmasida ishlaydigan 2 nafar advokat 2023-yilda 6 yilga qamalgan shaxsning jazosini yengillashtirib bermoqchi bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona shahridagi advokatlik firmalarida ishlovchi 2 nafar advokat o‘zaro til biriktirib, 2023-yilda 6 yil 8 oy muddatga qamalgan, hozirda jazo muddatini o‘tayotgan shaxsning jazosini sud organlaridagi tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jazoga o‘zgartirib berish evaziga pul talab qilgan.
DXX xodimlari tomonidan 50 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


