Ijtimoiy tarmoqlarda Farg'onada tanasida kaltaklanish izlari bilan vafot etgan ayol haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura ma'lumot berdi.
Aniqlanishicha, 20-avgust kuni Oʻzbekiston tumanida yashovchi 20 yoshli ayol yashash uyida oʻz joniga qasd qilgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda. Shuningdek, oʻlim sababini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertiza tayinlangan.


