Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida yuz bergan mojaro jinoyat bilan yakunlandi. Sud 24 yoshli erkakni qasddan odam o‘ldirishga urinishda aybdor deb topib, uni sakkiz yil muddatga umumiy tartibdagi koloniyada ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati sudlari ma’lum qildi.
Ish tafsilotlariga ko‘ra, ayblanuvchi turmush qurganidan keyin ham sobiq sevgilisi bilan munosabatlarni davom ettirgan. Ayolning eri bu holatni bilib qolganidan so‘ng tomonlar o‘rtasida keskin dushmanlik yuzaga kelgan. Qarindoshlarning ham aralashuvi mojaroni yanada kuchaytirgan.
Ayolning akasi ayblanuvchini ko'rishish uchun chaqirgan. Biroq restoranda o‘tkazilgan suhbat ikki taraf o‘rtasidagi janjalga aylanib ketgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, mojaro chog‘ida ayblanuvchi avtomobilidan pichoq olib, sobiq sevgilisining erining qarindoshiga bir necha marta zarba bergan. Jarohatlar jabrlanuvchining ko‘krak, son va qorin qismiga yetgan. Hodisada ishtirok etganlar hujumchiga to‘sqinlik qilganlari bois jabrlanuvchi omon qolgan.
Sud holatlarni o‘rganib, jinoyatni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining qasddan odam o‘ldirishga urinish sifatida baholandi va ayblanuvchiga sakkiz yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.


