1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada 31 yoshli ayolni zo‘rlaganlarga hukm o‘qildi

4 nafar erkakka ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Farg‘onada 31 yoshli ayolni zo‘rlaganlarga hukm o‘qildi

 

Farg‘onada 31 yoshli ayol 4 nafar erkak tomonidan zo‘rlangani bo‘yicha ayblanuvchilarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda. Bu haqda Oliy sud Matbuot kotibi Aziz Obidov maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, joriy yilning 17 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati Beshariq tuman sudida sudlanuvchilar 28 yoshli, muqaddam sudlangan M.Y., 24 yoshli D.Y., 39 yoshli A.S. hamda 34 yoshli S.S.ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqilgan. 

 

Sud hukmiga ko‘ra, M.Y. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 2-qismi “v” bandi, 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 1-qismi va 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “v” bandi bilan aybli deb topilgan hamda unga nisbatan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 

Shuningdek, D.Y. va A.S. JKning 118-moddasi 2-qismi “v” bandi va 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan aybli deb topilib, ularning har biri 8 yil, S.S. JKning 118-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan aybli deb topilib, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика