1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada eri bilan janjallashib qolgan 22 yoshli ayol o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlab, cho‘kib ketgan.

Maʼlum qilinishicha, 2021 yilning 4 iyul kuni soat taxminan 16:30 da Toshloq tumani “Ko‘lariq” MFY Beklar ko‘chasida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro B.M. Katta Farg‘ona kanalining Toshloq tumani “Xonaqa” MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismida cho‘kib ketgan.

Farg‘onada eri bilan janjallashib qolgan 22 yoshli ayol o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlab, cho‘kib ketgan.

Surishtiruv davomida aniqlik kiritilishicha, fuqaro B.M. turmush o‘rtog‘i S.X. bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Shundan so‘ng jahl ustida yashash xonadoniga yaqin bo‘lgan Katta Farg‘ona kanaliga o‘zini tashlab yuborgan.

Hozirda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика