Holat joriy yilning 10 mart kuni Yangi asr ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro S.A., sobiq kuyovi —1992 yilda tug‘ilgan A.A. bilan singlisini haqorat qilganligi sababli o‘zaro janjallashgan. Janjal davomida S.A. va boshqalar fuqaro A.A.ning tanasini turli joylariga urib, tan jarohati yetkazishgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida A.A.ning tan jarohatlari o‘rtacha og‘irlikdagi shikastlar toifasiga kirishligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan S.A. va uning sheriklariga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “i” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, barchasi protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


