Qoʻshtepa tumanida giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotgan ayol aniqlandi, deya xabar bermoqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati.
Joriy yilning 23-may kuni Qo‘shtepa tumani Quvirboshi mahallasida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Mazkur mahallada yashovchi I.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 31 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlangan va daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qonunchilikka ko‘ra, mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


