Avvalroq Farg‘onada taksi chaqirgan fuqaro haydovchining telefoni o‘chib qolishi sababli qo‘ng‘iroqlariga javob bermagani uchun mashina oynalarini sindirgani haqida xabar berilgandi.
Viloyat IIBning xabar berishicha, janjal sodir bo‘lgan vaqtdagi IIO xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan tayinlangan xizmat tekshiruvi yakuniga ko‘ra, o‘z xizmat vazifasini lozim darajada bajarmaganliklari uchun Farg‘ona viloyati IIB patrul-post xizmati otryadining ikki nafar safdor xodimlari hamda guruh komandiri kapitan Z.O. egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Shuningdek, Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni komandiriga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.


