1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada IIB xodimlari va fuqarolar janjallashdi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Farg‘onada IIB xodimlari va fuqarolar janjallashdi

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 21 noyabr kuni Furqat tumanidagi Istiqlol ko‘chasidagi savdo do‘konlari oldiga tadbirkor kameralar o‘rnatmoqchi bo‘lgan. Ushbu jarayonda fuqarolar F.R. , D.Yu., U.M. hamda voyaga yetmagan A.A. qarshilik qilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan qilingan murojaat asosida, tuman IIB profilaktika inspektorlari hodisa joyiga yetib borib, fuqarolarni tinchlantirishga harakat qilgan. Biroq ushbu fuqarolar jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan janjal ko‘targan.

 

Aniqlanishicha, ular IIB xodimlarining qonuniy talabini bajarmay, faol qarshilik ko‘rsatib, kuch ishlatgan. Bundan tashqari, xodimlarning xizmat kiyimiga zarar yetkazgan.

 

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика