1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Farg‘onada karaoke kafesi yonib ketdi

Yong‘in oqibatida 6 nafar fuqaro halok bo‘lgani aytilmoqda.

Farg‘onada karaoke kafesi yonib ketdi

 

Bugun, 29 iyul kuni soat 11:39 da Farg‘ona viloyati Farg‘ona shaxar “Mashʼal” MFY Sayilgoh ko‘chasidagi 4 qavvatli binoning yer to‘lasida joylashgan karaoke kafesida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

 

Shunga ko‘ra 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji 11:44 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:48 qurshab olingan va soat 11:56 da to‘liq bartaraf etilgan.

 

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida 6 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 7 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan sodir bo‘lgan voqeani o‘rganish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzilgan va Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика