1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada kelin 47 mln so‘mlik sepini MIB orqali qaytarib oldi

Maʼlumotlarga ko‘ra, kelin-kuyov to‘ydan keyin 7 kun birga yashagan.

Farg‘onada kelin 47 mln so‘mlik sepini MIB orqali qaytarib oldi

Joriy yil avgustda Farg‘ona viloyatida qurilgan nikoh hech qancha o‘tmay kelishmovchilik sababli buzilgan. Kelin kuyovdan sepini qaytarishni talab qilib, sudga murojaat qilgan.

 

Kelin MIB orqali eridan 60 turga yaqin 47 mln so‘mlik mulklarini qaytarib olgan. Maʼlumotlarga ko‘ra, kelin-kuyov to‘ydan keyin 7 kun birga yashagan.

 

Kuyovning ota-onasi kelin tomon bilan gaplashganida, kelin kuyov bilan boshqa yashamasligini aytgan. Yarashtirish ish bermagach, kelin tomon sepni olib ketishga borganda kuyov tomon qaytarmagan.

 

"Kuyovning ota-onasi kelin hech bir sababsiz uyga ketib qolgani, to‘y uchun 15 ming dollar pul sarflab qo‘yganini va kelin tomon uni qoplab berishi kerakligini aytib sepini o‘z xohishlari bilan qaytarib bermagan",- deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика