Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida kollejga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan bo‘lim boshlig‘i ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bag‘dod pedagogika kolleji bo‘lim boshlig‘i D.K. fuqarolar Sh.X. va M.R.ni ushbu kollejga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


